Asosiy belgilari:
- Bel sohasida keskin yoki to‘lqinli og‘riq
- Siydik chiqarishda og‘riq yoki achishish
- Qon aralash siydik
- Ko‘ngil aynishi va qusish
- Tez-tez siydik chiqarish yoki chiqara olmaslik
Sabablari:
- Kam suyuqlik ichish (dehidratatsiya)
- Tuzli, yog‘li yoki oqsilga boy oziq-ovqatlar
- Irsi moyillik
- Siydik yo‘llari infeksiyalari
- Modda almashinuvining buzilishi
Davolash usullari:
- Kichik toshlar uchun ko‘p suyuqlik ichish va nazorat
- Dori vositalari (siydik haydovchi va og‘riq qoldiruvchi preparatlar)
- Litotripsiya – toshni ultratovush bilan maydalash
- Endoskopik yoki ochiq jarrohlik aralashuv
Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
Agar sizda belda kuchli og‘riq, qonli siydik yoki siydik chiqmay qolishi holatlari bo‘lsa – bu shoshilinch yordam talab qiluvchi holatlardir. Zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
Kokand Plus klinikasiga murojaat qiling
Qo‘qonda joylashgan Kokand Plus klinikasi sizga tosh kasalligini aniqlash, davolash va uning qaytalanishining oldini olishda yordam beradi. Zamonaviy UZI, analizlar va endourologik uskunalar – sizning sog‘lig‘ingiz uchun xizmatda!
