Kokand Plus Medikalda son va tizza bo‘g‘im endoprotezi, menisk ektomiya, pay tiklash, suyak sinishi operatsiyalari bajariladi. Travmatologik jarrohlikda zamonaviy yondashuv.
Kokand Plus Medikalda son va tizza bo‘g‘im endoprotezi, menisk ektomiya, pay tiklash, suyak sinishi operatsiyalari bajariladi. Travmatologik jarrohlikda zamonaviy yondashuv.
Kokand Plus Medikal travmatologiya va ortopediya bo‘limi, Qo‘qon shahri va Farg‘ona viloyati aholisi uchun murakkab suyak, bo‘g‘im va pay jarohatlarini samarali davolashga ixtisoslashgan. Jarrohlik amaliyotlar eng yangi texnologiyalar va malakali mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Son bo‘g‘imi artriti, sinishi yoki yallig‘lanishida harakat cheklanishi va doimiy og‘riq kuzatiladi. Bizda bo‘g‘im sun’iy protez bilan almashtiriladi. Tiklanish davri qisqa, natijasi uzoq muddatli.
Keksalarda yoki sport jarohatlaridan keyin tizza bo‘g‘imi yeyilib ketgan hollarda metall-qoplama yoki to‘liq protez bilan almashtirish operatsiyasi bajariladi. Yurish qulayligi va harakatlar tiklanadi.
Tizzada menisk yirtilganida og‘riq, shish va harakatda cheklov yuzaga keladi. Artroskopik yo‘l bilan menisk olib tashlanadi yoki tiklanadi.
Aholida keng tarqalgan tovon, tizza orqa, elka yoki tirsak sohasidagi paylarning uzilishi travma yoki zo‘riqish sababli sodir bo‘ladi. Operatsion yo‘l bilan paylar tiklanadi.
Yopiq va ochiq suyak sinishlarida suyaklar metall plastina, vint yoki tirgaklar bilan to‘g‘rilanadi. Harakatlar qayta tiklanadi, noto‘g‘ri bitishning oldi olinadi.
Qabul fo’rmasini to’ldiring va xodimlarimiz siz bilan tez fursatda bog’lanishadi.