Neyroxirurgiya

Kokand Plus Medikal klinikasida bel va bo‘yin grijalari, orqa miya deformatsiyalari, TPF o‘rnatish va boshqa neyroxirurgik muolajalar endoskopik usulda bajariladi.

Neyroxirurgiya bo‘limi haqida

Kokand Plus Medikal klinikasining neyroxirurgiya bo‘limi orqa miya, miya va asab tizimi bilan bog‘liq murakkab kasalliklarni zamonaviy, kam invaziv usullar yordamida davolaydi. Malakali neyroxirurglar tomonidan amalga oshiriladigan jarrohlik muolajalar bemor hayot sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.


Bizda amalga oshiriladigan asosiy neyroxirurgik xizmatlar:

Bel va bo‘yin umurtqa grijalari (disk churralari)

– Grijalar asabga bosim qilgani bois og‘riq, uyushish, harakat cheklanishi kuzatiladi. Bizda ular endoskopik usulda kichik kesim orqali olib tashlanadi. Tez tiklanish, kam qon yo‘qotish va og‘riqsiz usul.


Bel umurtqasiga TPF (transpedikulyar fiksatsiya) qo‘yish

– Orqa miya beqarorligida, sinish yoki degenerativ kasalliklarda umurtqalarni maxsus metall konstruktsiyalar (TPF) bilan mustahkamlash.


Orqa miyani decompress qilish

– Kanal toraygan hollarda asablarni bo‘shatish uchun decompressiya muolajalari.


Orqa miya travmalarini bartaraf etish

– Shikastlanishlarda jarrohlik yo‘li bilan umurtqa anatomiyasi tiklanadi.


Bosh miyada qon quyilishi va o‘simtalarni olib tashlash

– Gipertoniya yoki shikastlanishdan keyingi qon ketishlar, yaxshi yoki yomon sifatli o‘simtalarni olib tashlash uchun mikroxirurgik usullar.


Nevralgiya va asab siqilishi

– Trigeminal nevralgiya va boshqa asab siqilishlar mikroxirurgik yo‘l bilan bartaraf etiladi.


Afzalliklarimiz

  • Endoskopik neyroxirurgiya – minimal shikastlanish
  • MRT, KT va EMG asosida aniq tashxis
  • Statsionar parvarish: 2 kishilik standart va lyuks xonalar
  • Tajribali neyroxirurglar jamoasi
  • Reabilitatsiya va fizioterapiya muolajalari


📍 Manzil: Qo‘qon shahri, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston

📞 Qabul va maslahat uchun bog‘laning


Kasalliklar

Bizning shifokorlar jamoasi

Hammasini ko'rish

Qabulga yozilish

Qabul fo’rmasini to’ldiring va xodimlarimiz siz bilan tez fursatda bog’lanishadi.