Oshqozon yarasi – bu oshqozon yoki o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining yemirilishi natijasida hosil bo‘ladi. U quyidagi asosiy sabablarga bog‘liq:
- Helicobacter pylori bakteriyasi — asosiy sabab
- Stress va asabiylik — me’da kislotasi ko‘payadi
- Noto‘g‘ri ovqatlanish – vaqtida ovqat yemay yurish
- Nosog‘lom turmush tarzi – chekish, spirtli ichimlik
- Ba’zi dorilar (NSAID) – og‘riq qoldiruvchi dorilar shilliqni yemiradi
Achchiq ovqatlar haqida haqiqat
Achchiq ovqatlar yarani keltirib chiqarmaydi, lekin mavjud yarani yomonlashtirishi mumkin. Bu ovqatlar me’dadagi kislotani ko‘paytirib, simptomlarni kuchaytiradi.
Asosiy belgilar:
- Qorin yuqori qismida og‘riq
- Och qoringa og‘riq kuchayishi
- Ko‘ngil aynishi, qorin dam bo‘lishi
- Ich ketishi yoki qabziyat
- Og‘riqdan so‘ng ovqat yeyilganda yengillik
Tashxis va davolash:
- Endoskopiya orqali tekshiruv
- Helicobacter tahlillari
- Antibakterial va kislota kamaytiruvchi dorilar
- Parhez: yengil, yumshoq ovqatlar
Xulosa
Oshqozon yarasi achchiq ovqat emas, balki bakteriyalar va noto‘g‘ri odatlarning natijasidir. Og‘riqlarni e’tiborsiz qoldirmang — vaqtida davolanish muhim.
📍 Oshqozon muammolari bo‘yicha diagnostika va davolash uchun klinikamizga murojaat qiling.