Qalqonsimon bez – metabolizm, tana harorati, yurak urishi, kayfiyat va hayz sikliga ta’sir qiluvchi gormonlarni ishlab chiqaradi. Bu bezning faoliyati buzilganda ayollar salomatligida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Asosiy sabablari:
- Doimiy stress – kortizol ko‘payishi qalqonsimon bez ishini izdan chiqaradi
- Yod yetishmovchiligi – gormon ishlab chiqarilishining sustlashuvi
- Avtoimmun kasalliklar (masalan, Hashimoto yoki Basedow)
- Homiladorlik va menopauza – gormonlar o‘zgarishi
- Nosog‘lom parhez va fast-food – bezning oziqlanishi yomonlashadi
Qalqonsimon bez kasalliklarining belgilar:
- Tez-tez charchash va uyquchanlik
- Soch to‘kilishi va terining qurishi
- Og‘irlikning keskin ortishi yoki kamayishi
- Asabiylik, depressiya, yurak urishining tezlashishi
- Hayz siklining buzilishi
Tashxis va davolash:
- TSH, T3, T4 va AT-TPO kabi qon tahlillari
- Qalqonsimon bez UTT (ultratovush)
- Endokrinolog bilan konsultatsiya
- Gormonal muvozanatni tiklovchi dorilar
Xulosa
Agar sizda yuqoridagi belgilar mavjud bo‘lsa, gormonlaringizni tekshirtirishni kechiktirmang. Vaqtida aniqlangan qalqonsimon bez muammolari davolashga yaxshi javob beradi.
📍 Klinikamizda endokrinologlar tomonidan qalqonsimon bez tekshiruvi va davolash xizmatlari mavjud.