O‘zbekistonda insult yurak-qon tomir tizimi kasalliklari ichida eng xavflilaridan biridir. U 2 xil shaklda bo‘ladi:
- Ishemik insult – miya qon tomirining tiqilib qolishi
- Gemorragik insult – qon tomir yorilib, miyaga qon quyilishi
Insult xavfini oshiruvchi omillar:
- Arterial gipertenziya (yuqori bosim)
- Qandli diabet
- Yurak ritmining buzilishi
- Chekish va spirtli ichimliklar
- Ortiqcha vazn va harakatsizlik
- Stress va surunkali charchoq
Dastlabki belgilari (FAST testi):
- F – Face: yuzning bir tomoni osilib qoladi
- A – Arms: qo‘llarni bir xil ko‘tara olmaydi
- S – Speech: gap talafuzida buzilish
- T – Time: zudlik bilan 103 ga qo‘ng‘iroq qilish kerak
Zudlik bilan bajarilishi kerak bo‘lgan choralar:
- Odamni yotqizib, boshi biroz baland holatda ushlang
- Og‘ziga hech narsa solmang
- Darhol tez yordam chaqiring – 3 soat ichida ko‘rsatilgan yordam hayotni saqlab qoladi
Klinikamizdagi xizmatlar:
- Yurak bosimini nazorat qilish
- EKG, UTT, dopplerografiya
- Kardiolog va nevropatolog maslahatlari
- Reabilitatsiya va insultdan keyingi tiklanish dasturlari
Xulosa
Insult – bu favqulodda holat. Ammo to‘g‘ri profilaktika va tezkor reaksiya orqali hayotni saqlab qolish mumkin.
📍 Klinikamizda insult profilaktikasi va yurak-qon tomir tekshiruvlari mavjud – bugunoq murojaat qiling.